Jamiyat | 21:37 / 18.09.2015
2370
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyadagi do‘kondan 200 ming yevro miqdoridagi po‘stinlar o‘g‘irlab ketildi

Gretsiyaning sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlaridan birida g‘alati o‘g‘irlik hodisasi sodir bo‘ldi.

Mamlakatning shimoliy qismidagi Xalkidika orolida joylashgan Kalifeya kurort zonasida 2 nafar noma'lum shaxs qimmatbaho kiyimlar sotiladigan do‘konga o‘g‘rilikka tushishgan va jami 200 ming yevrolik yungli qishki kiyimlarni olib ketishgan.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, 2 nafar noma'lum shaxs karnavalcha niqoblar taqqan va karnavalcha kiyingan holda do‘konga kirishgan. Ular yonidan o‘qotar qurol chiqarib, do‘kon egasi va sotuvchiga tahdid qilishgan. So‘ng ularni skotch bilan bog‘lashgan va do‘kondan jami 200 ming yevro narxidagi 50ta qimmatbaho po‘stinlarni olib, voqea joyidan yashirinishgan.

Ayni vaqtda politsiyachilar ularni qidirishni boshlagan.

Ba'zi taxminlarga ko‘ra, bu ishni rossiyalik sayyohlar amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish