O‘zbekiston | 22:07 / 18.09.2015
2841
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyatidagi yo‘llar yaxshilanaladigan bo‘ldi

Bugungi kunda samarqandlik, buxorolik va urganchlik haydovchilar va yo‘lovchilar Jizzax viloyatinin avtomobil yo‘llaridan o‘ta turib, o‘zlarini qulay his qilmoqdalar. 2015 yilning o‘zida xalqaro va davlat ahamiyatidagi 47 kilometrlik yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlarini tugatish va 12 kilometr avtomobil yo‘lini to‘liq ta'mirdan chiqarish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olma-ota-Bishkek-Toshkent-Termiz” trassasining 982-1017 va 1025-1037 kilometrlarida, umumiy hisobda 47 km lik yo‘lda rekonstruksiya amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu yo‘llar viloyatning Jizzax va G‘allaorol tumanlari orqali o‘tadi. “O‘zavtoyo‘l” DAK matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha yakunlanadi.

“O‘zavtoyo‘l”ning viloyat bo‘limi rahbari R.Xalikovning ma'lumotiga ko‘ra, yil oxirigacha M39 trassaning 950-962 kilometrlardagi 12 km lik qismi to‘liq ta'mirlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish