Jamiyat | 07:32 / 18.09.2015
2895
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 43 talabani o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Meksika hukumati 11 oy avval Iguala shahrida 43 talabani o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Animal Politico nashri.

Politsiya Gerrero shtatining Xil shahrida Xildardo Lopes Astudilo ismli shaxsni qo‘lga oldi.

Bu orada Astudilo yashrinib yurib, kamida uch marta turar joyini o‘zgartirgan. Qayd etilishicha, talabalarning o‘g‘irlanishiga aloqador bo‘lganlar uni bevosita ijrochi sifatida ko‘rsatishgan.

2014 yilning 26 sentabrida politsiya va banditlar talabalar namoyishida ishtirok etayotganlarga hujum qilib, voqea joyida 6 kishini o‘ldirishgan. Bu hujum ortida yana 43 nafar talaba izsiz yo‘qolgan. Keyinroq shahar tashqarisida shaxsi aniqlanmagan 28ta jasaddan iborat ommaviy qabr topilgan.

Bundan tashqari, Iguala politsiyasi bilan aloqador ikki nafar yollanma qotil 43 nafar talabadan 17 nafarini o‘ldirganini tan olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish