Jamiyat | 23:32 / 18.09.2015
3199
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada metro qurilishida ikki nafar o‘zbekistonlik kuyib qoldi

Moskvaning Salarevo tumanida metro qurish maydonchasida gaz-havo aralashmasining alangalanishi oqibatida uch nafar ishchi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Moskva Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 17 sentabr kuni kechki payt qurilish paytida ballonda propan gazining sizib chiqishi oqibatida gaz-havo aralashmasining alangalanishi sodir bo‘ldi.

Natijada 3 nafar ishchi jarohat oldi. Ulardan ikki nafari o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lib chiqdi. Barcha jarohat olganlar turli og‘irlikdagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqazildilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish