Jahon | 22:38 / 18.09.2015
2360
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada muhojirlarni tashish bilan shug‘ullangan shaxslar hibsga olindi

Niderlandiya hukumati muhojirlarga Yevropa hududida noqonuniy ravishda harakatlanishda yordam ko‘rsatgan 2 kishini hibsga oldi.

Tergovchilar ayni vaqtda asli kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan, hozirda Eyndxovenda yashovchi 35 yoshli kishi va uning 26 yoshli jiyaniga nisbatan yuzlab muhojirlarni mamlakat hududiga Avstriya, Vengriya, Gretsiya va Italiya hududlaridan noqonuniy ravishda olib kelish bilan shug‘ullagani bo‘yicha dalillar yig‘moqda.

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan ushbu shaxslar Yaqin Sharq hududidan muhojirlarni noqonuniy ravishda Niderlandiya hududiga olib kelishni yo‘lga qo‘ygan yirik jinoiy guruh a'zolari hisoblanishadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyadan dengiz orqali Italiya yoki Gretsiyaga o‘tish uchun muhojirlar bunday tashuvchilarga bir kishi hisobiga 7-8 ming yevrodan to‘lashadi.

Italiya yoki Gretsiyadan G‘arbiy Yevropaning ichkarisiga harakatlanishni istagan muhojirlar yana 1,5 ming yevro sarflashlariga to‘g‘ri keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish