Jahon | 10:48 / 18.09.2015
3664
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Falastin yetakchisi BMTdagi nutqida sensatsiya bo‘lishini va'da qildi

Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasidagi nutqi yakunida shov-shuvli ma'lumotni oshkor qilishga va'da berdi. “Al-Quds al-Arabiy” internet nashriga bergan intervyusida u 30 sentabrda bo‘lib o‘tuvchi nuqtidagi asosiy sirni oshkor qilmadi, biroq Isroilning falastinliklarga nisbatan siyosati tanqid ostiga olinishini aytib o‘tdi.

“Men Oslodagi kelishuvlar va Isroilning Falastin ma'muriyati nazorati ostida bo‘lishi belgilangan A va B hududlaridagi kirdikorlari haqida so‘zlayman. BMTdagi nuqtim oxirida esa bomba tashlayman, ammo gap nima haqda ketishi haqida avvaldan ma'lum qilmayman”, – dedi Abbos.

Abbosning chiqishi 30 sentabrga mo‘ljallangan. Ayni shu kuni BMT bosh qarorgohida Falastin bayrog‘ini ko‘tarish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish