Jamiyat | 16:07 / 18.09.2015
3113
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Turkiya va Falastin rahbarlari bilan uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashadi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov axborot berdi.

Aytilishicha, Erdo‘g‘an va Abbos 23 sentabr kuni Moskvaga yetib kelishadi.
Bundan tashqari, jurnalistning Putin ular bilan birgalikda Moskvadagi yangi jome masjidining ochilish marosimida ishtirok etishi ehtimoli qay darajadaligi haqidagi savolga Peskov bu borada aniq ma'lumot yo‘qligini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish