Jahon | 10:24 / 18.09.2015
1652
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ekstremistik saytlar sud ruxsatnomasisiz bloklanadi

Qirg‘izistonda ekstremistik saytlarni tezkor bloklash imkonini beruvchi qonunchilik tashabbusi muhokama qilinmoqda. Ayni paytda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, bunday ishni amalga oshirish uchun tegishli tashkilot dastlab suddan ruxsatnoma olishi talab qilinadi.

Ayrim qonun ijodkorlari jarayonni tezlashtirib, ekstremistik tusdagi saytlarni sud ruxsatisiz bloklash imkoniyatini ochishga chaqirmoqda.
Mamlakat transport va aloqa hamda ichki ishlar vazirliklari hamkorlikda ishlab, ekstremizm to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalarni tayyorlamoqda, deb xabar beradi IIVning terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Emil Jyeyenbekov.
Uning ta'kidlashicha, islohot ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

“Biz internet orqali bo‘layotgan ekstremistik va terroristik harakatlarga qarshi kurashni juda faol olib bormoqdamiz, - Ayni paytda ma'lum saytni faqat sud qaroriga ko‘ra yopish mumkin. Biz ishlab chiqayotgan o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda esa ekstremistik sayt aniqlanishi bilan uni o‘sha kunning o‘zidayoq bloklash imkoni tug‘iladi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish