Jahon | 10:28 / 18.09.2015
2077
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda to‘rtinchi neftni qayta ishlovchi zavod quriladi

Ostonada neftni qayta ishlovchi to‘rtinchi zavod qad ko‘taradi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilindi.

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Pavlodar, Atirov va Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida uchta neftni qayta ishlovchi zavod faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning bari Sovet davrida qurilgan edi. Navbatdagi zavodning qurilishi esa 2016 yilda boshlanadi. Obekt 2017 yil davomida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

“Loyiha qiymati 6 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi”, - ma'lum qildi Mang‘ishloq viloyati hokimining o‘rinbosari Raqimbek Amirjonov matbuot anjumani chog‘ida.
To‘rtinchi zavodning qurilishi neft mahsulotlari ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshiradi.

 

Muallif: Aleksandr Bogatik, Central Asia Online

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish