Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shu oy oxirigacha Hindiston birinchi observatoriyasini fazoga uchiradi
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti ISRO sentabrning oxiriga qadar mamlakat tarixidagi birinchi kosmik observatoriya – Astrosat’ni fazoga uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Science jurnalining yangiliklar xizmati xabar berdi.
Tashkilot vakillarining hikoya qilishicha, ushbu zond 20 yil davomida yaratilgan. Bir paytning o‘zida ham fazoni kuzatadigan, ham observatoriya vazifasini bajaradigan zond g‘oyasi ISRO’da 1996 yildayoq aytilgan edi. Astrosat dastlab 2007 yilda uchirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, moliyaviy muammolar tufayli bu sana bir necha bor ortga surildi.
Hindistondan tashqari, loyihada Kanada kosmik agentligi ham ishtirok etmoqda. Uning mutaxassislari observatoriya bortida o‘rnatilgan UVIT ultrabinafsha teleskopini yasashda ishtirok etishdi. Shuningdek, Britaniyadagi Leychester universiteti mutaxassislari konsultantlar vazifasida bo‘ldilar.
Loyihaning qiymati 45 mln dollarni tashkil qildi.