Jahon | 08:01 / 18.09.2015
3919
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Rossiyadan harbiy ko‘mak olishi mumkin

Suriya hukumati zarurat tug‘ilgan holda rasmiy Moskvadan terrorizmga qarshi kurash doirasida harbiy ko‘mak so‘rashi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Suriya agar shunga zarurat paydo bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlaridan jangarilarga qarshi kurashda yordam olishi mumkin", dedi Suriya TIV rahbari Volid Muallim teleefir vaqtida.

Biroz oldinroq, AQSh tomoni Rossiyaning Suriyaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha taklif bildirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish