Jamiyat | 18:53 / 18.09.2015
2285
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston fuqarosi Moskvada 10 kg geroin bilan qo‘lga tushdi

Rossiya narkopolitsiyasi Moskvadagi savdo-ko‘ngilochar markaz avtoturargohida qo‘lga olgan. Tojikiston fuqarosida 10 kg dan ziyod giyohvand moddasi mavjudligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Narkotiklar aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmatning poytaxt boshqarmasi.

“Uning Opel Astra rusumli avtomobili maxsus xizmat vakillari tomonidan tekshirilganda, 10 kg dan ziyodroq giyohvand moddalar solingan bir nechta o‘ram topildi”, – deyiladi xabarda.

Narkopolitsiya ma'lumotlariga ko‘ra, dastlab qo‘lga olingan o‘z aybiga iqror bo‘lmagan, biroq keyinroq geroinlarni sotish uchun o‘z jinoiy sheriklaridan olganini ma'lum qilgan.

Matbuot xizmatining xabar qilishicha, qo‘lga olingan erkak kishini 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish