Jahon | 10:08 / 18.09.2015
2993
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 70 sm balandlikdagi sunami sodir bo‘ldi

Yaponiyaning Ivate prefekturasida 70 sm balandlikdagi sunami qayd qilindi. Bu haqda mamlakat metereologiya boshqarmasi xabar bermoqda.

8.4 magnitudali zilzila shu hafta payshanba kuni tungi vaqtda sodir bo‘lgan edi. Undan so‘ng 6.4 balli aftershok qaytib keldi. Hozircha 5 kishining o‘limi rasman tasdiqlandi. 1 mln kishi evakuatsiya qilindi.

Zilziladan so‘ng mamlakat bo‘ylab sunami xavfi e'lon qilingan edi. Okinava, Ivate va Xokkaydo orollarida 10-30 sm li birinchi to‘lqin sunamisi qayd qilindi. Ikkinchi to‘lqin esa biroz ko‘tarilib, 70 sm ni tashkil qildi. Hozircha u faqat Ivate oroliga yetib bordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish