Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:37 / 19.09.2015
2891
1 daqiqa o‘qiladi
«Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi Dettmar Kramer hayotdan ko‘z yumdi
Germaniyada «Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi Dettmar Kramer 90 yoshida olamdan o‘tdi.
Uning qo‘l ostida Myunxen klubi ikki bor Yevropa chempionlar kubogi (1975 va 1976) va Mintaqalaro kubokni (1976) qo‘lga kiritgan.
Kramer shuningdek, Misr, AQSh, Malayziya, Tailand terma jamoalari, «Gerta», «Ayntraxt» va «Bayyer» klublarini boshqargan.