Jahon | 22:52 / 19.09.2015
3896
1 daqiqa o‘qiladi

Komi respublikasi rahbaridan millionlab dollar turadigan soatlar kolleksiyasi musodara qilindi

Tergovchilar tintuv paytida Komi respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzerdan ichida pullar bo‘lgan seyf, millionlab dollar turadigan soatlar kolleksiyasi, bir nechta ofshor kompaniyalarga hujjatlar hamda Bombardier va Hawker samolyotlarini sotib olish loyihalarini musodara qilishdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qo‘mitasi Geyzer, uning o‘rinbosari Aleksey Chernov hamda Aleksandr Zarubin va Valeriy Veselov boshchiligidagi jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yishdi.

Tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda Kipr soliq xizmati tomonidan berilgan soliq sertifikati ham aniqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish