Jahon | 16:00 / 19.09.2015
2943
1 daqiqa o‘qiladi

Qohiradagi Islom madaniyati muzeyi sakkiz yillik ta'mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi

Qadimiy muzeyning yigirma beshta ko‘rgazma zalida yuz mingdan ortiq kitob, san'at asarlari va turli noyob buyumlar bor.

Ushbu tarixiy eksponatlarning ikki mingga yaqini juda qadimiydir.

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan buyumlar turli - ummaviylar, abbosiylar, fotimiylar, mamluklar va usmoniylar davriga oid bo‘lib, ular qadimiy Andalus, Levanta, Turkiya, Hindiston va Xitoy kabi davlatlardan keltirilgan. 

Muslim.uz / Azizxon HAKIMOV tayyorladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish