Jahon | 23:54 / 19.09.2015
3084
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning Oqtau dengiz portida 123 kg geroini bo‘lgan Turkiyadan kelayotgan avtomobil ushlandi

Qozog‘istonning Oqtau dengiz portida 123 kg geroini bo‘lgan Turkiyadan kelayotgan avtomobil ushlandi, deb Qozog‘iston Moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Zakon.kz.

Qozog‘iston Moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi iqtisodiy tergovlar xizmati hamda Mang‘istau viloyati davlat daromadlari departamenti xodimlari tomonidan Oqtau shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Iveco rusumidagi avtomobil ushlandi.

Avtomobil Turkiyadan shaharning dengiz porti orqali kelayotgan bo‘lgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, qo‘lga olingan yuk 123 kg og‘irlikka ega bo‘lgan geroin moddasi ekani aniqlangan. Giyohvand moddaning narxi 2 mlrd tengedan ko‘proqni (joriy kurs bo‘yicha deyarli 7 mln dollar) tashkil qilishi mumkin. Ushbu holat yuzasidan tergov ishi boshlandi.

Shunday holatlardan oxirgisi 2008 yilda qayd qilingan bo‘lib, Qo‘stanay bojxona xizmati xodimlari “Qayroq” bojxona postida rekord darajadagi geroin partiyasini ushlagan edi. O‘shanda 30 mln dollarlik yarim tonnadan ko‘proq geroin ushlangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish