O‘zbekiston | 09:14 / 19.09.2015
1706
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistondagi maktablarda xitoy va yapon tillari o‘qitilishi boshlanadi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedov 18 sentabr kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida barchaning e'tiborini milliy ta'lim sohasiga qaratgan.

Qayd etilishicha, Turkmanistonning xalqaro munosabatlari kengayishi davomida turkmanlarning xorij tillarini o‘rganishi kuchaytiriladi. Prezident bu soha bilan shug‘ullanish vazifasini bosh vazir o‘rinbosari S. To‘yliyev zimmasiga yuklagan.

Xususan, yapon va xitoy tillari OO‘Yularning filologiya fakultetlaridan tashqari iqtisodiyot, texnik va boshqa fakultetlarda ham o‘qitilishi boshlanadi.

Turkmaniston davlat axborot agentligining xabariga ko‘ra, mamlakatdagi maktablarda ham 5-sinfdan boshlab yapon va xitoy tillarini o‘qitishni joriy etish loyihasi ishlab chiqilmoqda va bu loyiha yaqin vaqt ichida amaliyotga tatbiq etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish