Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Che Gevaraning qizi Gavanada Rim papasining nutqini tinglashni istamadi
Lotin amerikalik inqilobchi Ernesto Che Gevaraning qizi Aleyda Gevara 20 sentabrda Gavanada bo‘lib o‘tgan Rim papasi messasiga tashrif buyurishdan bosh tortdi. Ayol Kuba kompartiyasi unga buyurgan bu vazifani ikkiyuzlamachilik deb atadi, deb xabar bermoqda Yahoo News.
“Men u yerda bir necha soat turib nima qilaman?”, deb taajjublanmoqda Kuba kompartiyasidagi muhim shaxslardan hioblanuvchi Gevara. Pontifikning Kubaga kelishidan oldinoq Gevara uning ishtirokidagi ibodatga borishiga gumon qilayotgan edi
va buni din erkinligi va ateistik e'tiqod erkinligi bilan tushuntirgan edi.
Inqilob maydonida Rim papasi nutq so‘zlaganda kubaliklarni xayrixohlik, do‘stona munosabat, hayotdan zavq olishni bilish, o‘z yaqinlari haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi milliy qadriyatlarini saqlab qolishga chaqirdi. Pontifik Kuba xalqini “avliyo va Xudoga e'tiqodli” deb atadi.
Rim papasi Frantsisk Kubaga 19 sentyarbdan tashrifini boshladi. U hammasi bo‘lib Kubada 5 kun bo‘ladi va xususan Fidel Kastro bilan uchrashadi. So‘ngra papa AQShga tashrif buyurib, Vashington, Nyu-York va Filadelfiya shaharlariga boradi hamda Barak Obama bilan uchrashadi. Frantsisk AQSh kongressi vakillar palatasi va senati qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etadi va bu yig‘ilishda ishtirok etgan birinchi pontifik bo‘ladi.