Jahon | 16:41 / 20.09.2015
3309
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada yana bir marta muhojirlar boshpanasiga o‘t qo‘yib yuborildi

Germaniyada yana bir marta muhojirlar boshpanasiga o‘t qo‘yilishi hodisasi kuzatildi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Yong‘in ro‘y bergan vaqtda bu boshpanada hech kim bo‘lmagan, u yangi keluvchilar uchun tayyorlangan edi.

Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda bu yong‘in ongli ravishda va qasddan sodir etilganiga dalillar aniqlangan.

Yong‘in natijasida bino jiddiy shikastlangan, endilikda bu yerga kelishi rejalashtirilgan muhojirlar uchun joy topish muammosi paydo bo‘lgan.

Ayni vaqtda binoga o‘t qo‘yganlar qidirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 1 oy muqaddam ham Germaniyaning shimoli-harbida noma'lum shaxslar 30 nafar muhojir yashayotgan boshpanaga "Molotov kokteyli" uloqtirish orqali yong‘in hosil qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish