Jahon | 17:11 / 20.09.2015
6986
1 daqiqa o‘qiladi

IShID iroqliklarga qo‘l telefonlaridan foydalanishni taqiqladi

20 sentabr kunidan boshlab IShID jangarilari o‘z nazorati ostidagi hududlarda mobil aloqa vositalaridan foydalanish bo‘yicha taqiq o‘rnatdi. Bu haqda Iroq hududidagi Kurdiston Demokratik partiyasi vakili Said Mamazuniyga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.

Jangarilar Mosul shahrida 127 nafar kishini mobil vositalardan foydalangani uchun hibsga olgan.

Mamazuniyning so‘zlariga ko‘ra, "IShID" ushbu yangi qoidani buzganlarni shafqatsiz ravishda jazolashini bildirgan.

Mosul shahri 2014 yilning yozida "IShID" jangarilari tomonidan bosib olingan, jangarilar bu hududdagi musulmon bo‘lmagan aholiga 250 dollar miqdoridagi soliq joriy qilgan. Bu soliqni to‘lamaganlar qatl qilib kelinmoqda.

Shu vaqtgacha jangarilar shaharda xristianlarga tegishli bo‘lgan 21ta uyni portlatishgan. Shuningdek, Mosuldan 30 km masofadagi tarixiy Baxdid shahridagi me'moriy obidalar yo‘q qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish