Texnologiya | 16:42 / 20.09.2015
2954
2 daqiqa o‘qiladi

Kia yangi Optima universali ishlab chiqarishini tasdiqladi

Kia kompaniyasi yangi avlod Optima universali ishlab chiqarishini tasdiqladi. Bu haqda Janubiy Koreya avtomobil markasi vakillari Frankfurt avtosalonida ma'lum qilgan. 

Besh eshikli avtomobil bahorda Jyenevada namoyish qilingan Sportspace kontsept-kari uslubida ishlanadi.

Universal sedan kabi motorlarga ega bo‘ladi, uning Yevropa uchun mo‘ljallangan versiyasi ikki litrli, 163 ot kuchiga ega benzinli va modernizatsiyalashgan 1,71 litrli, 141 ot kuchiga ega dvigatellar bilan taklif etiladi. Birinchi dvigatel mexanik yoki 6 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi bilan, ikkinchi dvigatel ikkita ilashishga ega 7 pog‘onali “robot” bilan birga ishlaydi. Sedan Yevropada 2015 yilning oxiriga yaqin sotila boshlanadi, universal esa 2016 yilning 1-choragida kompaniyaning do‘konlarida paydo bo‘ladi. Shu vaqtda “Optima”ning 4 eshikli “quvvatlangan” GT versiyasi ham chiqariladi.

Modellar oddiy variantdagidan moslashuvchan podveska va qayta sozlangan rul boshqaruvi bilan farqlanadi. Optima GT sedani 245 ot kuchiga erisha oladigan 2 litrli “turboto‘rtlik” hamda 6 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Yangi avtomobil 100 km tezlikka 7,4 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa soatiga 240 km bilan cheklangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish