Jahon | 17:57 / 20.09.2015
2658
1 daqiqa o‘qiladi

Komi rahbari o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi

Rossiyaning Komi respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzer sud majlisida jinoiy guruh tashkil etish va firibgarlik yuzasidan ochilgan jinoiy ishda keltirib o‘tilgan ayblarini tan olmadi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.

Gayzer himoyachilari esa ayblanuvchiga uy qamog‘ini tayinlash haqidagi iltimos bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, shanba, 19 sentabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qo‘mitasi Geyzer, uning o‘rinbosari Aleksey Chernov hamda Aleksandr Zarubin va Valeriy Veselov boshchiligidagi jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish