O‘zbekiston | 10:43 / 20.09.2015
5445
3 daqiqa o‘qiladi

Madinada ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonliklar ishchi guruhi taqdirlandi

O‘zbekistonlik ishchi guruhi a'zolarining Madina shahridagi sermahsul faoliyatini O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hojilariga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa tomonidan yuksak e'tirof etildi. Hojilarni kutib olish, joylashtirish, ziyorat va kuzatishda joriy qilingan tartib-intizom hamda ko‘rsatilgan faollik uchun O‘zbekiston haj ishchi guruhi mazkur muassasa tomonidan maxsus maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Madina shahridagi haj ishchi guruhi a'zolari o‘zbekistonlik ziyoratchilarni aeroportdan kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, Madina shahridagi muqaddas joylarni ziyorat qildirish va ularni Makka shahriga kuzatish kabi tashkiliy ishlarni tizimli olib bordilar.
Tashakkurnoma ishchi guruhimizning kelgusidagi ishlarida qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib, o‘z ishlariga yanada mas'uliyat bilan yondoshishlariga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘z navbatida, namunali hamkorliklari uchun o‘zbekistonlik ishchi guruhi tomonidan O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hojilariga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa rahbarlariga tashakkur bildirildi.

Jaloliddin Hamroqulov,
Makka shahri

(Arabchadan tarjima)
Saudiya Arabistoni mamlakati Madina shahri
O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hojilariga
xizmat ko‘rsatuvchi muassasa

TAShAKKURNOMA

O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hojilariga xizmat ko‘rsatuvchi muassasaning o‘zbekistonlik hojilarga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limi O‘zbekiston haj ishchi guruhiga va, xususan, muftiy Usmonxon Alimov janoblariga o‘zining samimiy maqtovi va yuksak tashakkurlarini bildiradi.
“Haj – 2015” mavsumida O‘zbekiston haj ishchi guruhi o‘zbekistonlik hojilarga xizmat ko‘rsatishda katta kuch-g‘ayrat sarflaganini mamnuniyat bilan izhor etadi. Shuningdek, haj ishchi guruhining ishlarida ulkan muvaffaqiyat va yuksak zafarlar tilaydi.

Hurmat ila,
O‘zbekistonlik hojilarga xizmat
ko‘rsatuvchi bo‘lim mudiri, ustoz Abbos Ahmad Abdulhafiz

imzo, muhr

Manba: muslim.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish