Jahon | 00:43 / 20.09.2015
3261
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti: YeOIIga kirish biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochadi

Qirg‘iziston prezidenti Olmosbek Atamboyev respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qo‘shilishi mamlakatdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilishini aytdi. 

Atamboyev bu haqda qirg‘izistonlik tadbirkorlar oldidagi chiqishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Qirg‘izistonning YeOIIga kirishi bilan biznes, ishlab chiqarishni qayta qurish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. Moliyaviy inqirozga qaramasdan, biz bu maqsadlar uchun nafli sharoitlarda moliyaviy resurslarni jalb qilamiz”, deb ishonch bilan aytmoqda Atamboyev.

Uning fikricha, shu munosabat bilan Qirg‘iziston biznes va foydali ichki va tashqi investitsiyalar uchun “sermahsul o‘lka” bo‘lishi kerak.

“Birgalikdagi va maqsadga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlar bilan biz iqtisodiy kuchli va ijtimoiy farovon Qirg‘izistonni quramiz”, deb umid bildirmoqda Qirg‘iziston yetakchisi.

Qirg‘iziston 12 avgustdan YeOIIning to‘laqonli a'zosiga aylandi. Ushbu ittifoqqa, shuningdek, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish