Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tadbirkorlik sub'yektlari uchun eng yaxshi IT-loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib aniqlandi
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yildagi ICTWEEK Uzbekistan 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida” “Tadbirkorlik sub'yektlari uchun eng yaxshi IT-loyiha” nominatsiyasi ta'sis etildi.
G‘olib AKT haftaligining 4 ta tanlov maydonlarida o‘tkazildi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar milliy sohasidagi yutuqlarga bag‘ishlangan ICTEXPO ko‘rgazmasi 15-17 sentabr kunlari O‘zbekiston AT korxonalari va tashkilotlari uyushmasi tomonidan o‘tkazildi;
BestSoft Challenge tanlovi oliy ta'lim muassasalari talabalari, maktab, kollej, litsey o‘quvchilari orasida turli nominatsiyalarda o‘tkazildi, tanlov tashkilotchisi Inxa universiteti va “Samsung” kompaniyasi bo‘ldi; 10 nafar finalchi loyihasi 15 sentabrda taqdim qilindi;
Intellekt2All tanlovi AKT sohasida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasidagi aqliy salohiyatni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, 16 sentabrda Yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan o‘tkazildi;
Ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov (Xakaton) data.gov.uz va O‘zbekiston davlat muassasalari veb-saytlarining ochiq ma'lumotlari asosida ommabop, ijtimoiy ahamiyatga ega yoki innovatsion dasturlar va xizmatlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, 12 sentabrda PROONning O‘zbekistondagi vakolotxonasi tomonidan o‘tkazildi.
Nominatsiya g‘olibi “SBS-Infosoft” OAJning “Tadbirkorning shaxsiy kabineti” IT-loyihasi bo‘ldi.
ICTWEEK Uzbekistan 2015 haftaligi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga AKTlarni tatbiq qilish va rivojlantirishdagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun 1-o‘ringa loyiq deb topildi.