Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Estoniyaga 12 dona hujumchi samolyotni joylashtiradi
AQSh Estoniya hududiga 12 dona A10 hujumchi samolyotini joylashtirishni mo‘ljallamoqda, deya xabar berdi Postimees.
Qayd etilishicha, ularning bir qismi Emari aviabazasiga joylashtiriladi.
Bu haqda Estoniya harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Yaak Tariyen ma'lum qilgan.
Xabarda keltirilishicha, chorshanba, 16 sentabr kuni Emari aviabazasiga dunyodagi yirik transport samolyotlaridan biri – AQShning C-5M Super Galaxy qo‘ngan.
Estoniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur samolyot Estoniya havo kengliklarida AQSh va Estoniya harbiy havo kuchlari 12 dona A10 ishtirokida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur qurilma va qurol-aslahalarni olib kelgan. Mashg‘ulotlar 22 sentabr kuni boshlanib, 6 noyabrga qadar davom etadi.