Jahon | 11:57 / 21.09.2015
2961
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina prezidenti Rim papasidan keyin Fidel Kastro bilan uchrashadi

Kuba poytaxti Gavanada Rim papasi Frantsisiskning messasidan (ibodat marosimi) keyin Argentina prezidenti Kristina Kirshner va Kuba davlati sobiq rahbari Fidel Kastro o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda TASS.

Prensa Latina nashrining yozishicha, Kirshner — mazkur messaga mehmon sifatida taklif qilingan yagona rahbar sanaladi.

Oldinroq, Fidel Kastroning Rim papasi bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish