Jahon | 11:44 / 21.09.2015
2383
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada xalqaro aeroportlar bojxona va chegara xizmatlari xodimlari ish tashlash e'lon qildi

Dushanba, 21 sentabrdan boshlab 10 kun davomida Avstraliyaga yo‘l olgan yoki uni tark etayotgan aviayo‘lovchilar mamlakatdagi 8ta xalqaro aeroportning bojxona va chegara xizmatlari xodilari e'lon qilgan ish tashlashlar sababli immigratsion (chegara) nazorat punktlarida uzoqroq vaqt ushlanib qolishga tayyorgarlik ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi.

Davlat xizmatlari ishchilarining milliy kasaba uyushmasi vakillari ma'lumotga ko‘ra, ish tashlash ishtirokchilari yaqin 10 kunda 4 soatdan ish faoliyatini to‘xtatishadi (ertalab 2 soat, kechqurun 2 soat). Ish tashlashlarga hukumatning ish vaqtlaridan tashqari va qo‘shimcha smenalar uchun to‘lanadigan kompensatsiyani bekor qilish haqidagi qarori sabab bo‘ldi.

Ushbu qaror natijasida xalqaro aeroportlarning bojxona va chegara xizmatlari xodimlari yiliga 8 ming dollar zarar ko‘rishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish