Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Yevropadagi migratsion inqirozni Suriyadagi mojaroni tartibga solmasdan hal qilib bo‘lmaydi
Yevropadagi o‘tkir migratsion inqiroz Suriya bilan chambarchas bog‘liq va ularni alohida-alohida hal qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Jyenevada BMTning inson huquqlari kengashi 30-sessiyasida BMTning Suriyadagi inson huquqlarining buzilishini tergov qilish komissiyasi rahbari Paulu Serjiu Pineyru ta'kidlab o‘tdi.
Pineyru komissiyaning navbatdagi bayonotini taqdim qila turib, “Turkiya, Livan, Iordaniya va Iroqda yillar davomida mavjud bo‘lgan qochqinlar bilan bog‘liq muammo katta darajada Suriyadagi mojaro tufayli yuzaga kelmoqda”, deb aytdi. “Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va birini ikkinchisini hal qilib turmay hal qilib bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Pineyru.
Pineyruning ta'kidlashicha, Suriya aholisi o‘z yerini tashlab ketayotgani “urushayotgan tomonlarning asosiy jabrdiydasi oddiy fuqarolar bo‘layotganligi” bilan tushuntirilmoqda.