Jahon | 13:36 / 21.09.2015
8004
2 daqiqa o‘qiladi

BMTda xalqaro tinchlik kunini nishonlanadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolli mojarolar avj olgan shiroitda Xalqaro tinchlik kunini nishonlamoqda. Mazkur sana arafasida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun barcha harbiy harakatlar ishtirokchilarini bir kun davomida qurol-yarog‘larni yig‘ishtirib, qarama-qarshiliklarni to‘xtatib turishga chaqirdi.

“Bu yil Xalqaro tinchlik kuni dunyoda zo‘ravonlik kuchaygan, qurolli mojaro avj olgan paytda nishonlanmoqda. Umidsizlikni kuchaytirish o‘rniga, dunyoda hukmron bo‘lgan zo‘ravonlik va jinoyatlar jazolanmasligiga nuqta qo‘yishni talab qilish uchun jamoaviy javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz lozim”, - deyiladi Pan Gi Mun murojaatida.

Xalqaro tinchlik kuni 1981 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan joriy etilgan. 34 yil muqaddam qabul qilingan rezolyutsiyada dastlab mazkur sana sentabr oyining uchinchi seshanbasida nishonlanishi belgilangan edi. 2001 yilda BMT BA yana bir rezolyutsiya qabul qilib, mazkur sana 21 sentabrda nishonlanishini e'lon qildi.

Har yili ushbu kuni BMT bosh qarorgohidagi 1954 yilda Yaponiya tomonidan sovg‘a qilingan “Tinchlik bongi” chalinadi. 116 kg og‘irlikdagi qo‘ng‘iroq BMTga Isroil tomonidan hadya qilingan tosh poydevorga mustahkamlangan.

2015 yili tinchlik bongini chalish marosimida Pan Gi Mun, Bosh Assambleyaning 70 sessiyasi raisi Mogens Lyukketoft, BMTga a'zo davlatlar diplomatlari, shuningdek, tinchlik elchilari hisoblangan amerikalik aktyor Mayk Duglas va yozuvchi Jyeyn Gudoll ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish