Jahon | 20:50 / 21.09.2015
2084
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada qurol-aslaha zavodida portlash yuz berdi

Chexiyaning Vlashim Beneshovskiy viloyatida joylashgan qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi Sellier & Bellot firmasida porox portladi, deb xabar bermoqda Chexiya telekanallaridan biri. 

Portlash oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar borligi ma'lum qilindi.
“Voqea joyida ikkita sanitar mashinasi va vertolyot turibdi. Voqea joyiga hech kim yaqinlasha olmayapti”, deb aytdi qutqaruv xizmati matbuot kotibi.

O‘t o‘chiruvchilar ham yana portlashlar yuz berishidan xavfsirab yong‘inni o‘chirishga kirisha olmayaptilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish