Sport | 19:41 / 21.09.2015
1732
1 daqiqa o‘qiladi

Futzal: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini Malayziyadan mag‘lub bo‘lish bilan boshladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Malayziyada Osiyo chempionati doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Birinchi turda terma jamoa musobaqa mezbonlari bo‘lmish Malayziya vakillariga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 4:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Avaz Maqsumov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Chempionati A guruhida Eron, Malayziya hamda Gonkong terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Jamoa keyingi o‘yinni 22 sentabr kuni Eron vakillariga qarshi o‘tkazadi.

Ma'lumot uchun, ushbu turnirda qit'aning 8ta davlatidan kelgan termalar 2 guruhga bo‘lingan holda o‘yinlarga kirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish