Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi parlament saylovida Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi 35,47 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi
Aleksis Tsipras boshchiligidagi Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi Gretsiyada yakshanba, 20 sentabr kuni o‘tkazilgan muddatdan avvalgi parlament saylovlarida 35,47 foiz ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda dushanba, 21 sentabr kuni saylovlarni tashkil etgan Gretsiya Ichki ishlar vazirligi taqdim etilgan 98,25 foiz byulletenlarni hisob-kitob qilib chiqqanidan so‘ng ma'lum qildi.
Shu yo‘l bilan koalitsiya parlamentdagi 145 o‘rin (g‘olib uchun taqdim etiladigan 50 qo‘shimcha o‘rinni hisobga olgan holda)ga ega bo‘ldi. Uning asosiy raqobatchisi – 61 yoshli rahbari Vangelis Meymarakis rahbarligidagi evolyutsion o‘zgarishlar tarafdori hisoblangan “Yangi demokratiya” o‘ng markazchilari esa 28,09 foiz (75ta o‘rin) ovoz to‘pladi. Uchinchi bo‘lib ultra o‘ngchilarning “Xrisi Avgi” partiyasi 6,99 foiz (18ta o‘rin) saylovchilarning ishonchini qozondi.
Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi 3,69 foiz (10ta o‘rin) ovoz jamlagan “Mustaqil greklar” partiyasi bilan hamkorlikda bir palatali Gretsiya parlamentidagi 300 deputatlik o‘rnining eng kamida 151tasini egallab, hukumatni shakllantirish huquqini qo‘lga kiritadi.
Sobiq energetika vaziri Panayotis Lafazanis boshchiligidagi “Laiki Enotita” (“Milliy birdamlik” partiyasi 2,86 foiz ovoz to‘plab, uch foizlik “to‘siq”dan o‘ta olmagani bois parlamentdagi o‘rinlardan mahrum etildi. Aynan ushbu guruh partiyaning uchinchi kredit dasturi doirasida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qattiq iqtisodiy choralar to‘g‘risidagi memorandumni imzolash istagidagi siyosatidan norozi bo‘lgan, Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi tarkibidagi 40 nafar deputat xalqaro investorlar bilan kelishuvga erishish to‘g‘risidagi qonunga ovoz berishdan bosh tortishgan edi. Natijada Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasining yetakchisi Aleksis Tsipras iste'foga chiqib, muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi to‘g‘risida e'lon qildi.