Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmat o‘tamaganlarning pullari qaytariladi
Vazirlar Mahkamasining 16 sentabrdagi 267-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi o‘zgartish va qo‘shimchalarda safarbarlik chaqiruv xizmatini o‘tash uchun to‘langan pullarni, xizmat o‘talmagan taqdirda, qaytarish tartibiga oydinlik kiritdi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, harbiy yig‘inlar chog‘ida xizmatchining ish o‘rni va lavozimi saqlanadi. Mehnat shartnomasi bu davr ichida ish beruvchining tashabbusi bilan to‘xtatilishi mumkin emas.
Shuningdek, safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchisi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa, unga tibbiy komissiya tomonidan I yoki II darajali nogironlikning berilishi holatlarida xizmat o‘tash uchun to‘langan pullar qaytariladi.