Jahon | 13:55 / 21.09.2015
5755
1 daqiqa o‘qiladi

Independent: MI6ning o‘zini ayol qilib ko‘rsatib yurgan agentining jasadi topildi

Britaniya razvedka xizmatining (MI6) ayol kishi qiyofasiga kirib, topshiriqni bajarayotgan agentining jasadi uning Londondagi xonadonida topildi. Bu haqda Independent nashri yozmoqda.

Agentning yalang‘och tanasi yo‘l xaltasi ichiga solib qo‘yilgan edi. Shuningdek, uydan 15 ming funt sterlingga baholangan ayollar kiyim-kechagi, kosmetika va sun'iy soch topilgan.
Dastavval politsiya erkak transvestit bo‘lgan degan taxminni bildirgan edi. Lekin sud-tibbiyot ekspertizasi xodimlari uning aslida agent bo‘lganiga ishonch bildirmoqda.
Qo‘shnilar esa shu paytgacha uni ayol kishi deb yurishganini ta'kidlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish