Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JP: Netanyaxu Putinning oldiga TsAXAL generallarini eltadi
Isroil bosh vazir Binyamin Netanyaxu Moskvaga Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun borar ekan, o‘zi bilan birga Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) shtab generali Gadi Ayzenkot va harbiy razvedka (AMAN) komandiri general-mayor Gertsi Galevini eltadi. Bu haqda Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.
“TsAXALning oliy martabali generallari bosh vazirning xorijiy safarlarida uni kamdan-kam kuzatib borishadi... Bu shundan dalolat beradiki, muzokara markazida Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazish va mintaqada Rossiya qo‘shinlarini joylashtirish bo‘ladi”, - deyiladi maqolada.
O‘z navbatida, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov OAVga ikki davlat rahbari Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazishini ma'lum qildi.