Jahon | 11:51 / 21.09.2015
1706
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi masjid yaqinidagi portlashlar tufayli kamida 8 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Maydaguri shahridagi masjid oldidagi maydonda 3 marta portlash yuz berdi.

Tibbiy xodimlarning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu terakt tufayli kamida 8 kishi halok bo‘lgan va 50 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Harbiylarning aytishicha, bu terakt qo‘lbola portlovchi qurilmalar orqali amalga oshirilgan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni bironta tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Lekin qayd etish kerakki, bu hududdagi teraktlar aksar hollarda "Boko Haram" jangarilari tomonidan amalga oshiriladi.

Biroz oldinroq, BMT ushbu guruh jangarilari tufayli 1,5 mln nafar atrofidagi bolalar Nigeriyani tark etishga majbur bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish