O‘zbekiston | 15:33 / 21.09.2015
2850
1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrda Toshkentda Kooperatsion birja o‘tkaziladi

26 oktabrdan 2 noyabrga qadar “O‘zekspomarkaz”da IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja o‘tkaziladi.

Sanoat forumidan ko‘zlangan asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga ishlab chiqarishni optimallashtirish, soha ichi kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi hamkorlar qidirish hamda ular bilan shartnomalar imzolashda yordam ko‘rsatishdir.

Joriy yilgi tadbirlarda sanoatning barcha yo‘nalishlariga mansub kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular sirasida farmatsevtika, metallurgiya, neft va gaz, elektrotexnika va boshqalar bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish