Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tender savdolari takomillashtiriladi
Iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida tovar, ish va xizmat yetkazuvchilarini saralash bo‘yicha tender savdolarini idoralararo tender komissiyalari amalga oshiradi.
Bu haqda hukumatning 2015 yil 14 sentabridagi “Tender savdolari o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘z tutilgan.
Idoralararo tender komissiyalari 5 mln dollardan ortiq miqdordagi shartnomalar bo‘lgan taqdirda savdo g‘oliblarini aniqlab beradi. Undan kamroq summadagi savdolarni o‘tkazish tartibi esa hujjatda aniqlashtiriladi.