Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik mutaxassislar elektroenergetika brigadalari birinchiligida ishtirok etadi
Belarusda elektroenergetika sohasi ishchilari o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tmoqda. Unda Belarus, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik Belarus agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Brestda o‘tkazilayotgan musobaqa to‘rtinchi yil ketma-ket o‘tkazilishidir. G‘olib nomi 26 sentabr kuni ma'lum bo‘ladi.
Jamoalar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdagi hamda nazariy bilimlarni egallashdagi mahoratlarini ko‘rsatib berishlari talab etiladi. Kuzatuvchilar sifatida Armaniston va Moldova vakillari qatnashmoqda.
O‘zbekiston nomidan musobaqada “O‘zbekenergo” AJ markaziy magistral tarmoqlari jamoasi ishtirok etmoqda. Brigadaga Yekaterina Tituxina boshchilik qilmoqda.