Jahon | 23:26 / 21.09.2015
4122
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada erkak AYoQShda o‘zini yoqib yubordi

21 sentabrda 47 yoshli erkak Varshavada o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi. Voqea shahardagi ko‘chalardan birida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda RMF FM radiostansiyasi.

“Erkak plastik idishga yoqilg‘i quyib, o‘zining ustidan quyib, o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi”, deyilmoqda xabarda.

Oqibatda u jiddiy kuyishlar bilan shifoxonaga yetkazildi. OAVda ma'lum qilinishicha, erkak o‘ziga o‘t qo‘yishdan oldin Polsha Seymi binosiga qanday borish mumkinligini so‘ragan.

Voqea huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan tergov qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish