Jahon | 06:29 / 21.09.2015
3876
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainada harbiy xizmatga chaqiruv yoshining ko‘tarilishini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko harbiy xizmatga navbatdagi safarbarlikni e'lon qilishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.       

“Mendan agar frontda yana keskinlik bo‘lsa, yangi safarbarlik bo‘ladimi yoki yo‘qmi,  deb so‘rashganda, safarbarlik zudlik bilan e'lon qilinadi deb aytaman. Biroq agar tinchlik jarayonlari davom etsa, biz safarbarlik hajmini kamaytirishimiz mumkin”, deb aytdi Poroshenko.  

“Yaqin orada safarbarlikni e'lon qilishni rejalashtirmayapman”, deb ta'kidlab o‘tdi Ukraina prezidenti.

Poroshenko, shuningdek, Ukrainada harbiy xizmatga chaqiruv yoshi 18 yoshdan 20 yoshgacha ko‘tarilishini aytdi.

“Biz chaqiruvdan bosh tortishni rejalashtirayapmizmi degan savolga, men uncha xush ko‘rilmaydigan javob – “yo‘q” deb javob beraman”, dedi va “xizmatga chaqirilganlar aksilterrorchilik hududiga tushmasliklari kafolatlanishini” qo‘shimcha qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish