Jahon | 19:17 / 21.09.2015
4029
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Yaqin Sharqda Rossiyaning harakatlari doimo mas'uliyatli bo‘lganini ta'kidladi

Rossiyaning Yaqin Sharqdagi harakatlari doimo mas'uliyatli bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvi davomida. Siyosatchilarning uchrashuvi Moskva viloyatidagi Novo-Ogarevo qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Netanyaxu Eron Damashqning ko‘magi yordamida Golan balandliklarida Isroilga qarshi “ikkinchi front” ochishga urinayotgani va “Hizbulloh” radikal guruhini zamonaviy qurol-aslaha bilan ta'minlayotganidan xavotir bildirdi.

Putin Isroilning xavotirlanishini tushunishi ta'kidlab o‘tdi. Biroq “Suriya armiyasi va Suriya ikkinchi front ochadigan ahvolda emas”, deb aytdi. “Suriya o‘zining davlatchiligini saqlab qolsayam katta gap”, deb ta'kidladi Putin.

Putin Rossiya va Isroil munosabatlari haqida gapira turib, “Biz Isroilda sobiq ittifoqdan ko‘plab odamlar yashashini unutmaymiz va bu bizning davlatlararo munosabatlarimizga o‘ziga xos tarzda ta'sir qiladi”, deb aytdi. Netanyaxu, o‘z navbatida, ikkala davlatda Yaqin Sharqda barqarorlikni ta'minlashga umumiy manfaat borligiga ishonch bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish