Jahon | 21:27 / 21.09.2015
4289
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston-Xitoy chegarasi 24-28 sentabr kunlariga yopiladigan bo‘ldi

Qirg‘iziston-Xitoy chegarasi 24-28 sentabr kunlariga yopiladi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatiga iqtibos keltirgan holda KirTAG agentligi.

“Qurbon hayit bayrami va Xitoyning “Kuz o‘rtasi” milliy bayrami nishonlanishi munosabati bilan Xitoy iltimosi bilan Qirg‘iziston-Xitoy chegarasidagi “To‘rug‘art” va “Irkeshtam” chegara o‘tkazish punktlari 24-28 sentabr kunlari vaqtinchalik yopib qo‘yiladi”, deb ma'lum qilmoqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati.

Chegara 29 sentabrdan yana ochiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish