Jahon | 09:30 / 21.09.2015
1896
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston fazogirlarni tayyorlay boshladi

Qozog‘istonning L. Gumilyov nomli Yevrosiyo milliy universitetida bir qancha yangi mutaxassisliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ular qatorida “Kosmik texnika va texnologiyalar” yo‘nalishi ham mavjud.

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, yangi kosmik industriya mutaxassislari ikki asosiy yo‘nalishda tayyorlanib boriladi: masofaviy zondlash va kosmik apparatlar bo‘yicha yig‘ish va sinash kompleksi.

Ayni paytda Qozog‘istonda ishlab turgan 4 sun'iy yo‘ldoshning 2tasi masofaviy zondlanadi.
Yangi dastur bo‘yicha 80 kishi o‘qishga qabul qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish