Jamiyat | 14:47 / 21.09.2015
6167
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada boshida raketa parchasi bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi

Suriyada shifokorlar boshida raketa parchasi bo‘lgan go‘dak hayotini saqlab qolishdi. Onasi qornidayoq jarohat olgan qizaloqqa Amal – “Umid” ismi qo‘yildi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, go‘dakning onasi Aleppo shahriga berilgan raketa zarbalari vaqtida jarohatlangan edi. Homilador ayol zudlik shifoxonaga yotqizilib, uning farzandi jarrohlik amaliyoti orqali dunyoga keltirildi.

Bolaga qadar yetib borgan shifokorlar uning ham jarohat olganiga guvoh bo‘lishdi. Kichik metal parcha yangi tug‘ilgan go‘dak boshining chakka qismiga joylashib qolgan ekan.

Raketa parchasini olib tashlash uchun o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kasalxona shifokorlari tomonidan olib borilgan jarrohlik amaliyoti tasvirlangan videoyozuv tibbiyot muassasasining Facebook`dagi sahifasiga joylashtirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish