Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA Ronaldu va Messini o‘rtacha samaradorlik bo‘yicha kuchli o‘nlikka kiritmadi
O‘tgan haftada Krishtianu Ronaldu Donetskning “Shaxtyor” klubiga qarshi o‘yinda xet-rik qayd etib, 83ta gol bilan Yevrokuboklar tarixidagi eng samarali o‘yinchiga aylangandi. Shuningdek, "Barselona" futbolchisi Messi hisobida esa yevrokubok bahslarida urilgan 80ta gol mavjud.
Ammo ularning samaradorligini o‘yinlariga nisbatan hisoblaganda barchadan oldinda deb bo‘lmaydi.
Ronaldu UYeFA doirasidagi turnirlarda 83ta gol urish uchun 123 marta maydonga tushgan (har bir o‘yinda o‘rtacha 0,67ta gol), Messida esa bu ko‘rsatkich 104ta o‘yinda urilgan 80ta golga teng (har bir o‘yinda o‘rtacha 0,77ta gol) .
Manbalarga tayanib aytish mumkinki, agar gollar miqdori o‘yinlarga nisbatan hisoblanganda, o‘tmishdan ko‘plab ba'zi kutilmagan nomlarni topish ham mumkin.
Chempionlar ligasi/kubogida eng yuqori o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatgan futbolchilar:
0,97: Gerd Myuller ("Bavariya") - 34 gol 35 o‘yin
0,86: Joze Altafini ("Milan", "Yuventus") - 24 gol 28 o‘yin
0,85: Ferents Pushkash ("Gonved", "Real") - 35 gol 41 o‘yin
0,84: Alfredo Di Stefano ("Real") - 49 golo 58 o‘yin
0,82: Aguash ("Benfika") - 18 gol 22 o‘yin
0,77: Lionel Messi ("Barselona") - 77 golo 100 o‘yin
0,76: Jan-Per Papen ("Olimpik", "Milan") - 28 gol 37 o‘yin
0,75: Eusebio ("Benfika") - 47 gol 63 o‘yin
0,74: Ruudvan Nistelroy (PSV, "Manchester Yunayted", "Real") - 60 gol 81 o‘yin
0,68: Marko van Basten ("Ayaks", "Milan") - 19 gol 28 o‘yin
UYeFA klublari turnirida gol/o‘yin tizimidagi eng yaxshi to‘purarlar
0,90: Radamel Falkao ("Portu", "Atletiko") - 38 gol 42 o‘yin
0,87: Gerd Myuller ("Bavariya") - 62 gol 71 o‘yin
0,86: Stefan Givarsh ("Oser", "Renn", "Nyukasl") - 24 gol 28 o‘yin
0,82: Ivan Mraz ("Slovan" Bratislava, "Sparta" Praga, "Dukla" Praga) - 18 gol 22 o‘yin
0,86: Ferents Pushkash ("Gonved", "Real") - 37 gol 43 o‘yin
0,83: Alfredo Di Stefano ("Real") - 50 gol 60 o‘yin
0,81: Yupp Xaynkess ("Borussiya" Myonxengladbax) - 45 gol 55 o‘yin
0,80: Kornelius Kist ("Alkmaar", "Pari Sen-Jyermen") - 20 gol 25 o‘yin
0,80: DenisLou ("Manchester Yunayted") - 20 gol 25 o‘yin
0,80: Kevin Ektor ("Derbi Kaunti") - 16 gol 20 o‘yin
Qayd etish lozim, ushbu ro‘yxatda 20tadan ko‘proq o‘yinda to‘p surgan o‘yinchilar keltirib o‘tilgan.