Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Putin va Obama “aql to‘plash” so‘zlarini har xil tushunishadi
Rossiya va AQSh prezidentlari, “aftidan, “aql to‘plash” so‘zlarini har xil tushunishadi”, deyiladi The Wall Street Journal gazetasining muharrirlik maqolasida.
Nashrning eslatib o‘tishicha, 10 kun muqaddam Barak Obama Rossiya qo‘shinlarining Suriyaga kirib kelishi mag‘lubiyat bilan tugashini ta'kidlab, Kremlga “aql to‘plash”ni maslahat bergan edi. Ammo Obamaning bu bayonotidan so‘ng “Putin Suriyaga qiruvchilarini yo‘llay boshladi, endi Obamaning o‘ziga dars berib qo‘yishganiday tasavvur uyg‘onmoqda”.
“Putin aynan Obamaning prezident bo‘lishi uning baxti ekanligini bilib hayratlangandir. Rossiya muzokarachilari Suriya bo‘yicha muzokaralarni Kiyev hukumatiga AQSh tomonidan yordam ko‘rsatilishi yoki Boltiqbo‘yida qo‘shin joylashtirilishi, yoki bo‘lmasa Eron yadroviy kelishuvi shartlariga amal qilish bilan bog‘lab o‘tkazishlarini kuting. Bu eng zaif prezident imkon tug‘dirib berguniga qadar Putin Obama ustidan g‘alaba qozonishda davom etaveradi”, - xulosa qilinadi maqolada.