Jahon | 15:55 / 21.09.2015
3427
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyadagi hayvonot bog‘idagi "qotil-yo‘lbars"ni uyqu dorisi orqali o‘ldirmaslikka qaror qilindi

Yangi Zelandiyadagi Gamilton nomli hayvonot bog‘ida xodimlardan biriga hujum qilib, uni o‘ldirgan Oz laqabli Sumatra yo‘lbarsiga uyqu dori yubormaslikka qaror qilindi.

Hayvonot bog‘i ma'muriyatining ma'lum qilishicha, bu yo‘lbars uyqu dorisi orqali o‘ldirilmaydi, chunki u noyob turga mansub hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 sentabr kuni hayvonot bog‘ida ishlagan 43 yoshli Samanta Kudeve ismli xodima ushbu yo‘lbars hamlasiga uchrab, halok bo‘lgandi.

Marhumaning ikki farzandi yetim qolgan, uning turmush o‘rtog‘i ham shu hayvonot bog‘ida boshliq o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ma'lum qilinishicha, yo‘lbarsni o‘ldirmaslik bo‘yicha qaror jamoaviy yig‘ilish vaqtida qabul qilingan.

Ma'lumot uchun, ushbu hayvonot bog‘i 23 sentabr kunigacha yopib qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish